“Taraqqiyot-2019” harakatlar strategiyasi II ustuvor maqsadi: iste’dodni kashf etamiz

14.02.2019, 22:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 505

#amaliyot_jarayonlari

15-yanvardan 15-fevralga qadar respublikamizda davom etayotgan “Yetakchilar malakasini oshirish” oyligi doirasida Mirobod tumanida ishlar avjida. O’zbekiston yoshlar ittifoqi Mirobod tuman yetakchilar Kengashi raisi tomonidan ishlab chiqilgan “Taraqqiyot-2019” harakatlar strategiyasi II ustuvor maqsadi – “Fan, ta’lim sport sohasini rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash” yo’nalishiga start berildi. II ustuvor maqsad 2019-yilning 1-fevralidan 15-martiga qadar davom etadi.

#labaratoriya_xonalari

2019-yilning 26-yanvar sanasida Mirobod tumanida “II Yoshlar Sammiti” o’tkazilgan edi. Ushbu Sammitda juda ko’plab yoshlar tomonidan yoshlarning Oliy ta’lim muassasalariga tashrifini ta’minlash masalasida takliflar bildirilgan edi. Shu takliflarni qo’llab-quvvatlagan holda 2019-yilning 13-fevral sanasida Mirobod tuman yetakchilar Kengashi raisi A.Ochilboyev tashabbusi bilan va sport, sog’lomlashtirish, harbiy vatanparvarlik va ekologiya yo’nalishi yetakchisi B.Daminov boshchiligida Mirobod yoshlari Toshkent Farmasevtika Institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Institut binosi to’liq tanishtirildi, labaratoriya xonalari va amaliyot jarayonlari yoshlarga bevosita ko’rsatildi.

#tashrif

Ushbu tashrifni yuqori saviyada o’tishiga o’zining ulkan xissasini qo’shgani uchun Toshkent Farmasevtika Instituti rahbariyatiga va O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent Farmasevtika Instituti yoshlar yetakchisiga Mirobod tuman Kengashi nomidan minnatdorchilik bildirib qolamiz!