E’lon! Turkiyada o’qish uchun stipendiya dasturi.

14.02.2019, 16:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 470

Turkiya hukumati Turkiyadagi oliy o’quv yurtlarida tahsil olish uchun stipendiya dasturini e’lon qiladi. Grant o’quv to’lovlarini, turkiy til kursi (bir yil), oylik stipendiya, aviachipta, umumiy tibbiy sug’urta, bepul turar joy va ilmiy / madaniy dasturlarni o’z ichiga oladi. Ushbu dasturga ariza topshirgan nomzodlar 2019 yil aprel-may oylarida intervyudan o’tishlari va veb-saytda ko’rsatilgan talablarga javob berishlari kerak. Ushbu dastur haqida batafsil ma’lumot, ishtirok etish shartlari va arizalarni yuborish tartib-qoidalari www.turkiyeburslari.gov.tr veb-saytida mavjud. Tanlovda ishtirok etish uchun barcha kerakli ma’lumotlarni onlayn tarzda yuborish kerak. Ariza topshirishning oxirgi muddati – 2019 yil 20-fevral.

Xalqaro xamkorlik bo’limi