Biotexnologiya kafedrasi professor–o‘qituvchilari Yаshnobod tumanidagi 231-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

13.02.2019, 13:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 332

 2018 yil 29 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 3018-q\q-sonli buyrug‘ini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018 yil 15 oktyabrda yuborilgan 09-2520-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida  2018 yil 13 yanvarda Biotexnologiya kafedrasi mudiri X.T. Zoirova, assistentlar

L.I. Alimdjanova, Sh.M. Usubbaeva, S.R. Xadjimetova kabi professor –o‘qituvchilar  YAshnobod tumanidagi 231-umumiy o‘rta ta’lim   tashrif buyurdilar. Kafedra o‘qituvchilari bitiruvchi sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha suxbat o‘tkazildi. Suxbat davomida o‘quvchilarga farmatsevtika sohasi, uning yo‘nalishlari va ushbu sohaning istiqbolli kelajagi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Suxbat qiziqarli tarzda o‘tdi va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

     

     

    Biotexnologiya kafedrasi oqituvchilari  Talabalar turar joyida 14, 21, 29 yanvar kunlari  kafedraga biriktirilgan 91-100 xonalarga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida xonalarning sanitariya holati tekshirilib, ma’naviyat xonasida talabalar bilan “Talaba-yoshlar o‘rtasida yo‘l-qoidalari, avtotransport vositalaridan foydalanish hamda ularni boshqarish tartiblari to‘g‘risida”, “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” kabi mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

     

     

Biotexnologiya kafedrasi asssistenti Shermatova Iroda Toshkent Farmatsevtika institutida o‘tkazilgan ”Innovatsion sohada yilning eng faol o‘qituvchisi” tanlovida ishtirok etib,  Innovatsion loyixalar va ilmiy ishlar bo’yicha prorektor N.S.Normaxamatov tomonidan  maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. Bundan tashqari Innovatsiyon loyixalar bo’yicha tanlovda Biotexnologiya kafedrasi v/b dotsent F.X.To’xtayev, L.I.Alimdjanova, I.B.Shermatova, N.Q.Rashidova “Yashil sintez’’ usulida Kumush nanozarrachalarini olish loyihasi bo’yicha faol ishtirok etdilar.

     

Biotexnologiya kafedrasi