O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori Z.A.Yuldashev bilan sanoat farmatsiyasi fakulteti 3 kurs talabalari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

08.02.2019, 14:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 222

Toshkent farmatsevtika institutida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Toshkent farmasevtika instituti rektori va prorektorlarining talabalar bilan  o‘tkazadigan ochiq muloqotlar jadvaliga muvofiq 2019 yil 7 fevral kuni soat: 14-00 da institut katta faollar zalida institut rektori v.v.b. Z.A.Yuldashev bilan sanoat farmatsiyasi fakulteti 3 kurs talabalari o‘rtasida “Farmasevtika sohasining oldida turgan dolzarb vazifalar” va “Institut talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish choralari” mavzularida ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot jarayonida institut rektori v.v.b. Z.A.Yuldoshev mavzuga oid qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi va talabalarning fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashildi. Shuningdek, muloqot jarayonida talabalarning davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari, jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, huquqiy madaniyatni yanada shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlaar Mahkamasining 2015 yil  12 noyabrdagi  “Giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  moddalar  va  prekursorlarni  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  olib kirish,  undan olib chiqish,  va tranzit tarzida  o‘tkazish tartibini,  shuningdek ularning  muomalada bo‘lishi  yuzasidan  nazoratini  takommillashtirish  to‘g‘risida”gi  330-sonli  qarorining mazmun-mohiyati bilan talabalar tanishtirildi. Jami ishtirokchilar soni 200 nafarni tashkil etdi.

     

                                                     Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat

                                                         va ma’rifat bo’lim boshlig’I  N.X.Ashurova

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova