Faoliyat samaradorligi xamda umumiy va maxsus qobiliyatlarning o‘zaro bog‘liqligi.

07.02.2019, 17:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 354

6- fevral kuni  Toshkent Farmatsevtika institutida iqtitdorli talabalar uchun  “Faoliyat samaradorligi xamda umumiy va maxsus qobiliyatlarning  o‘zaro bog‘liqligi” nomli seminar trening tashkil etildi. Mazkur trening iqtidorli talabalarning maxsus qobiliyatlaridan tashqari umumiy qobiliyatlarini rivojlantirishga va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratildi.  Seminar trening ma’ruza va amaliy mashg‘ulot ko‘rinishida olib borildi. Institutning iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul G.Yu.Malikova mavzuga oid qisqa ma’ruzasini o’qidi. Institut psixologi S.Azlarova talabalarda ijodkorlikning yo‘nalishlarini hamda qobiliyatni namoyon qilish darajasini aniqlash bo‘yicha test va proektiv metodikalarni o‘tkazdi. O‘tkazilgan metodikalar javoblari tahlil qilinib, iqtidor va qobiliyatlarni yo‘naltirish va kasbiy faoliyatda namoyon qilish bo‘yicha talabalarga ma’lumot berildi.

Seminar trening so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan o‘za’ro fikr almashdilar.

     

     

                                                                  Institut psixologi  S.Azlarova

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova