“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tibbiyot buyumlarining noqonuniy olib kirilishi bo‘yicha bir nechta urinishlarni fosh qildi.

07.02.2019, 14:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 377

Unga ko‘ra, mazkur chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro M.X.ning qo‘l yuklari xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan, umumiy qiymati 13 million so‘mlik, 627 dona tibbiyotda foydalaniladigan iplar hamda metalldan yasalgan tibbiyot buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan.

Yana bir holatda, fuqaro A.F. qo‘l yuklarida yashirincha, og‘zaki so‘rovda taqdim qilmagan holda umumiy qiymati 16,3 million so‘mlik, 168 dona tish tibbiyot anjomlarini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganda to‘xtatib qolindi.

Fuqaro M.A. esa qo‘l yuklari orasida og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan umumiy qiymati 49,2 million so‘mlik 59 quti tibbiyot tish plombalarini bojxona deklaratsiyasiga yozmasdan olib kirmoqchi bo‘lgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.