“Big Idea Challenge” ko’rik tanlovi e’lon qilingan.

07.02.2019, 12:34 E'lonlar 194

Britaniya Kengashi London Metropoliten unversiteti bilan hamkorlikda O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalarining innovasion goyalarini qo’llab-quvvatlash hamda talabalarning tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida “Big Idea Challenge” ko’rik tanlovi e’lon qilingan.

Tanlov shartiga ko’ra, talabalar o’z loyhalarini 2019 yil fevral oyiga qadar topshirishlari shart. Tanlab olingan loyiha mualliflari tanlovning ikkinchi bosqichida London Metropoliten unversiteti ekspertlari bilan hamkorlikda joriy yilning 20-21 fevral kunlari tashkil etiladigan “Boothcamp” intensive treningiga taklif etiladi.

Talabalar o’z loyihalarini quyidagi havola orqali topshirishlari mumkin https://www.britishcouncil.uz/uz/programmes/education-society/big-idea-challenge.

Murojaat uchun telefon: (71) 205-06-60 O’zbekistondagi Britaniya Kengashi.

Ilmiy bo’lim