“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga UNMCSR-SNC vakillari  tashrif buyurdi

02.02.2019, 19:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 538

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga United Nations Maritime and Continental Silk Road Cities Alliance Smart City and New Industry Committee tashkiloti bosh kotibi janob szyanbo Vu boshchiligida Xitoy delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Muzokaralarda hamkorlikda innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot dasturlarini olib borish, akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama memorandum imzolandi.

Xitoy delegatsiyasi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti asosida O‘zbekistonga tarix, madaniyat, san’at va arxitekturani o‘rganish uchun 1 millionga yaqin xitoylik talabalar va o‘quvchilarini jo‘natishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Kelgusida universitet qoshida Xitoy tili hamda xitoy tilida so‘zlashuvchi gid-ekskursovodlarni tayyorlash markazlarini ochish rejalashtirildi.