O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 noyabrdagi 330-sonli qarori mazmunini targ‘ib etish.

01.02.2019, 19:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 518

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan ko‘plab qarorlar va farmonlar ishlab chiqilmoqda. Bunga misol qilib 2018 yil 5 iyunda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarorini olshimiz mumkin. Mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmasevtika institut rektori v/b Z.A.Yuldashev tomonidan yig‘lish tashkil etildi.

 Mazkur yig‘lishda institut murrabiylar kengashi raisi N.Salimsakova,yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova va barcha kafedra mudirlari hamda guruh murabbiylari va institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Shuningdek majlisda “Psixotrop dori vositalarining savdosi bilan shug‘ullanish qonunga hilof” mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi. Majlisni tashkil etishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 noyabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 330-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan tanishish va talabalar orasida tushuntirish ishlari olib borishdir. Bu borada murabbiylarga tegishli tartibda vazifalar yuklatildi.Jami qatnashganlar soni 200 nafarni tashkil etdi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanovа