Tanlov g`oliblari taqdirlandi.

01.02.2019, 17:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 836

Institut rektorining 2018-yil 4-dekabrdagi 919-sonli buyrug‘iga asosan Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tomonidan institutda “Innovatsion sohada yilning eng faol o‘qituvchisi” hamda “Innovatsion sohada yilning eng faol talabasi” tanlovlari o`tkazildi. Tanlov natijalariga ko`ra quyidagi professor-o`qituvchilar va talabalar g`oliblikni qo`lga kiritdilar. Ular tanlov nizomiga ko`ra diplom, esdalik sovg`alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Tanlovda faol ishtirok etgan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

“Innovatsion sohada yilning eng faol o`qituvchisi” tanlovi bo`yicha g`oliblar ro`yhati:

  1. Fayzullayeva Nodira Sultanovna
  2. Abzalov Akmal Abzalovich
  3. Jaloliddinova Muattar Shuhrat qizi

“Innovatsion sohada yilning eng faol talabasi” tanlovi bo`yicha g`oliblar ro`yhati:

  1. Nazarqulov Mirsodiq Sanjarbek o`g`li
  2. Fayzullayeva Shahodat Xabibullo qizi
  3. Saidahmedova Diyora Yuldash qizi

     

     

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish

bo‘limi boshlig‘i: K.N.Nuridullayeva