Vazirlaar Mahkamasining 330- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 1 kurs farmatsiya yo‘nalishi  106 “A” va  106 “B”  guruh talabalari o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi.

31.01.2019, 17:17 Без рубрики 705

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  2019-yilning 30-yanvar kuni  Toshkenta  farmatsevtika instituti  farmatsiya fakulteti 1 kurs 106-A, 106-B guruh talabalari o‘rtasida yig‘ilish tashkil etildi. Mazkur yig‘ilish guruh murabbiysi Sh.S.Yuldasheva hamda  farm kimyo kafedrasi mudiri X.Q.Olimov boshchiligida  “Giyohvandlik  vositalari, prekursorlar  va psixotrop  moddalarni  sotish, harid qilish va iste’mol qilishga qarshi kurashamiz” mavzusida o‘tkazildi.

Guruh murabbiysi Sh.S.Yuldasheva talabalarni Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi “Giyohvandlik  vositalari, psihotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga  olib kirish,  undan olib chiqish,  va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratini  takomillashtirish  to‘g‘risida”gi  330-son  qarori bilan tanishtirib mavzu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.

Shuningdek talabalarni “Giyohvandlik  vositalari  va psixotrop  moddalar  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari  hamda  Vazirlar  Mahkamasining ilovalari  bilan ham tanishtirildi. Bular:

1 ilova- Giyohvandlik  vositalari,  psixotrop moddalar  va  prekursorlarni  olib kirish,  olib chiqishga  sertifikat  olish uchun  ruhsat berish  tartib  tamoyillaridan  o‘tish  tartibi  to‘g‘risidagi nizom .

2 ilova- Giyohvandlik vositalari,  psixotrop moddalar va  prekursorlarni  O‘zbekiston Respublikasi  hududi  orqali  tranzit tarzida  o‘tkazishga  ruhsatnoma olish uchun  ruhsat bo‘lish  tartib tamoyillaridan  o‘tish  tartibi to‘g‘risidagi  nizom.

3 ilova- Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar  va  prekursorlarni  yopiq turdagi  bojxona  omboriga  joylashtirish huquqiga  ruhsatnoma  olish tartib- tamoyillaridan  o‘tish tartibi to‘g‘risidagi  nizom.

4 ilova- O‘zbekiston Respublikasida  muomalada  bo‘lishi  taqiqlangan giyohvandlik  vositalarining  ro‘yxati.

5 ilova- O‘zbekiston Respublikasida  muomalada bo‘lishi  cheklangan  giyohvandlik  vositalarining  ro‘yhati.

6 ilova- O‘zbekiston Respublikasida  muomalada bo‘lishi  cheklangan   psixotrop  moddalarning  ro‘yhati.

7 ilova- O‘zbekiston Respublikasida  muomalada bo‘lishi  cheklangan prekursorlarning  ro‘yhati.

Shu bilan bir qatorda yig‘ilishda  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining   2019-yil 28-yanvardagi 01-07-38-sonli  axborot soati talabalarga o‘qib eshittirildi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova.