O‘zbekiston xalq ta’limi delegatsiyasi Jahon ta’lim forumida ishtirok etdi

30.01.2019, 18:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 592

Xalq ta’limi vazirligi delegatsiyasi 21-25 yanvar kunlari Londonda bo‘lib o‘tgan Jahon ta’lim forumida ishtirok etdi.

Nufuzli forumda 100 dan ziyod davlatlarning ta’lim vazirlari, soha mutaxassislari ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha masalalarni muhokama qildilar.

Forumda O‘zbekistonda boshlangan islohotlar Buyuk Britaniya ta’lim sohasi vakillarida katta qizig‘ish uyg‘otayotgani ta’kidlandi.

Buyuk Britaniya ta’lim tizimi mutasaddilari bilan bo‘lgan uchrashuvda ta’lim sifatini oshirish va mamlakatimizda ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Cambridge Assessment International Education, Bridge International Academies, Education First (Shvesiya) va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Hamkorlar O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilari bilimini tekshirish, dars jarayonining onlayn nazorat platformasini, mutaxassislarni ingliz tiliga onlayn o‘qitish tizimini joriy etish hamda boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish niyatini bildirdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Britaniya Kengashining “Ta’lim siyosati bo‘yicha muloqot: yoshlarimiz kelajakka qanday tayyorgarlik ko‘rayapti“ mavzusidagi dasturda ham ishtirok etdi.

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova