“Talabalarning O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari bilan tanishtirishga bag‘ishlab suhbat tashkil etildi”

30.01.2019, 17:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 512

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori va  “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining  mazmun-mohiyatini tanishtirib borish” maqsadida barcha  OTMlarda nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.

    Jumladan 2019 yil 29 yanvar kuni Toshkent   farmasevtika institutida Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.X.Boltaeva, institut psixologi S.A Azlarova, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, institut tarbiyachi pedagogi N.Yusupova  hamda guruh murabbiylari bilan birgalikda kichik guruhlarga tashrif amalga oshirildi.

     Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, institut tarbiyachi pedagogi N.Yusupovalar  O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarining mazmun mohiyati bilan talabalar o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bordi.

   Suhbat davomida talabalar orasida odob-ahloq normalari, muomala madaniyati, kiyinish odobi xususida gapirildi. Shuningdek institut psixologi S.Azlarova tomonidan talabalar o‘rtasida psxologik testlar o‘tkazildi. Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar va tegishli javoblar oldilar.

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova