“Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!”

29.01.2019, 17:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 750

Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib, ularning asosiy maqsadi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, tinch totuv va farovon hayot kechirishlari hamda, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan. Joriy yilning 8 dekabr kuni Toshkent shahridagi muhtasham saroyda bosh qomusimiz Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 26 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim munosobati bilan Prezidentimiz tomonidan qilingan ma’ruzada qisqa muddat ichida jamiyatimizdagi barcha sohalardagi  o’zgarishlar va amalga oshirilgan ishlar haqida aniq batafsil to‘htalib o‘tdilar.

Shu o‘rinda huquq targ‘ibot organlari faoliyatiga baho berar ekan davlatimiz rahbari, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar natijasida Respublikamiz miqiyosida sodir etilgan  jinoyatlar bir qancha kamayganligi, lekin bu sohada hali juda ko‘p ishlar amalga oshirilishi lozimligi hususida aytib o‘tdi. Shu maqsadda yurtimizdagi tashkilotlar, maktab va litseylar, oliy ta’lim muassasalarida  huquqbuzarlikga oid mavzularda tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

2019 yil 29 yanvar kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida soat 11-00 da “Jinoyat uchun jazo muqarrar”, “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!” kabi mavzularda  ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Gulmatov O‘tkir Tursunxonovich “Jinoyatga jazo muqarrar”, Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMB XPB boshlig‘i  podpolkovnik Sadullaev Mirzoshohrux Nazirxanovich “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish choralari”, Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMB XPB katta  inspektori podpolkovnik Zayniddinov Samariddin Baxritdinovich “Voyaga yetmagan yoshlarga nisbatan jinoiy javobgarlik”, Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMB IIB XPB   inspektori  Naberaeva Venera Munirovna “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz” kabi mavzularda talabalarga ma’ruzalar o‘qishdi.

Tadbir so‘ngida talabalar bilan  savol javoblar qilindi va mavzuga doir video film namoyish etildi.

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova