“Munosabat” tok-shousida Farmakognoziya kafedrasi dotsenti Muattar Xodjaevaning ishtiroki.

23.01.2019, 16:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 578

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, xalq tabobati faoliyatini tartibga solish, to‘plangan tajriba va salohiyatdan samarali foydalanish, ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani shakllantirish hamda xalq tabobatining usullari va yutuqlaridan samarali va xavfsiz foydalanish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi.Shuningdek bu borada teleko‘rsatuvlar, davra suhbatlari hamda tok-shoular tashkil etib kelinmoqda. Jumladan “O‘zbekiston”telekanali orqali efirga uzatiladigan “Munosabat” tok-shousining 2019 yil 22 yanvardagi sonida Toshkent farmasevtika institutining Farmakognoziya kafedrasi dotsenti Muattar Xodjaeva ishtirok etdi. Ko‘rsatuvda xalq tabobati, undagi muammo va yechimlar hususida tabiblar va tibbyot hodimlari ishtirok etdilar va fikr almashdilar.

     

Institut  matbuot kotibi

  N.L.Usmanova