Toshkent farmatsevtika  institutida  “O‘zbekiston SHarq” nashriyoti tomonidan  kitoblar yarmarkasi  bo‘lib o‘tdi

23.01.2019, 13:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 585

Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-sonli  “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”  35-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 21-22 yanvar kunlari Toshkent farmatsevtika  institutida  “O‘zbekiston SHarq” nashriyoti tomonidan  kitoblar yarmarkasi  bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlodning ma’naviy-intelektual ehtiyojini qondirish, oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muxabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda kitobning o‘rni va axamiyatini yanada oshirish borasida keng qo‘lamli ishlar amalga oshirilayapti.

Kitoblar yarmarkasida farmatsevtikaga oid, o‘zbek va jahon adabiyotining buyuk adib va yozuvchilarinig eng sara va tanlangan asarlari bilan boyitilgan. Yarmarkadan  har xil yoshdagi insonlar uchun,  turli mavzularda, bolalar uchun atalgan kitoblar ham joy olgan. Talabalar o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblarni sotib olishdi. Mazkur kitob savdosi ko‘rgazmasida 3000 nusxadan ortiq kitob savdo rastalariga qo‘yildi

ARM kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi mudiri R.U. Irgasheva talabalarning takliflarini inobatga olgan holda ARM badiiy adabiyotlar bilan boytib talabalarga etkazish maqsadida SHarq nashriyoti xodimlari bilan shartnoma asosida kitob sotib olishga kelishdi.

     

     

ARM mudiri        F.N.Xolmuratova