“Tinchlik-eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

21.01.2019, 16:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 467

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2019 yil 17 yanvardagi 87-03-283-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida  Toshken farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida  “Tinchlik –eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni tashkil etishdan asosiy  maqsad yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishining oldini olish, yoshlarni  dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bugungi kunda  yon atrofimizda ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya,  «ommaviy madaniyat», din va vijdon erkinligi to‘g‘risida  to‘xtalib talabalarga tushuncha berishdan iborat. Hozirgi kunda ayrim yoshlarimiz  bilib bilmay o‘zga g‘oyalar ta’siriga tushib qolmoqda. Yoshlarimizni vatanparvarlik, vatanga sadoqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lishi, odamiylik ruhida tarbiyalash har birimizning eng oliy maqsadimizdir.

Tadbirni institut o‘quv va  tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Yuldashev Zokirjon Abidovich hamda farmatsiya fakulteti dekani O.I.Xudoyberdiev kirish so‘zi bilan ochib mavzu yuzasidan ma’lumotlar berdilar.

Shuningdek tadbirni Toshkent shahar Mirobod tumani bosh Imomi Odil Xolmurodov “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q”, Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassisi Shukurov Abduvohid Xurramovich “Tinchlik –eng oliy ne’mat” mavzularidagi ma’ruzalari bilan davom ettirdilar. Tadbirda jami 200 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

Mazkur tadbir “Yoshlar”  telekanalining “Davr” informatsion daturi va institut veb saytida yortildi.

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi    N.L.Usmanova