“Yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash” mavzusidagi uchrashuv bo’lib o’tdi

19.01.2019, 15:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 505

Tadbir ochilishini Ijtmimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.K.Ismailov so‘zga chiqib, mustaqillik yillarida barcha sohalar kabi talim yo‘nalishini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning 2018 yil 28 dekabrdagi “Parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida” keltirilgan masalalarga to‘xtaldi va tashrif buyurgan mexmonlarni tadbir ishtirokchilariga tanishtirdi. Shundan so‘ng so‘zni 2016 yilgi Rio-de-Janero shahrida 15-Paraolimpiada musobaqlarida yengil atletika bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egallagan Saxatov Miran Miryunusovichga berdi.

     

M.M.Saxatov so‘zga chiqib, Davlatimiz tomonidan sportga berilayotgan e’tiborga to‘xtalib, o‘zining bu darajaga erishishi oson bo‘lmaganligini, jismonan sog‘lom bo‘lmasa ham sport sohadsida yuqori darajaga erishganligi va ko‘plab davlat mukofoatlarini qo‘lga kiritganligi hagida ishtirokchilargi gapirib o‘tdi. So‘zining oxirida o‘zining sport sohasidagi erishgan yuqutlari asosida tayorlangan video rolikni taqdim qildi.

     

M.M.Saxatov so‘zini yakunlab, keyingi so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti lauriyati. Filologiya fanlari doktori.professor Fol’klyorshunos olim  olim Turdimov Shomirza G‘anievichgaberdi.

      

Sh.G‘.Turdimov so‘zga chiqib, Adabiyotlarimizda keltirilgan o‘zbek milliy urf odatlar,ashulalar hamda musiqalar haqida gapirib, fol’klyor sn’atini xozirgi davrdagi rivoji va qayta tiklanishi o‘zbek xalqini kimlarning avlodi bo‘lganligini yanada yorqinroq ko‘rini ekanligini misollar asosida izoxlab berdi. Bir necha kitoblar yozganligi, kitoblar tarjima qilganligi va bu ishlar yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashning mezonlaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

          Sh.G‘.Turdimov o‘z so‘zini yakunlab, so‘zni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatri direktor o‘rinbosari va aktyori Xayrulla Inog‘omov Qayumovichga berdi.

     

X.Q.Inog‘omov so‘zga chiqib, Mustaqillik yillarida teatrga bo‘lgan e’tibor judayam rivojlanganligini, madaniyat va sanatning yana bir uyg‘onish davri bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi. Muqimiy teatrida ko‘rsatiladigan sahnalar  nafaqat yoshlarni balki katta insonlarni ham ma’naviy olamini uyg‘otishga xizmat qiladi, sahnadagi epizodlar milliy urf odat, ta’lim-tarbiya, odob-axloq mezonlarini to‘liq qamrab olgandir deb, ota va o‘g‘il munosabatining qisqa teatr ko‘rinishi sahnada namoyon qildi.

         Shundan so‘ng O‘zMU dotsenti, Falsafa fanlari nomzodi Qobilniyozova Gulchexra Toshpo‘latovnna so‘zga chiqdi.

     

G.T.Qobilniyozova o‘z so‘zida; O‘zbekiston diyorida qadimdan shakllanib kelgan sud tizimiga misollar keltirib, hozirgi kundaga islohottlar bilan qiyosladi. Bugungi kunda bu tizimda samarali ishlar olib borilayotganligi hamda ularning vakolatlari kengayganligi haqida gapirib o‘tdi.

Yig‘ilish so‘ngida tashrish buyurgan mexmonlargi tayorlangan sovg‘alar taqdim qilindi.