“Arqon tortish” sport turi bo‘yicha g‘oliblar

19.01.2019, 15:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 638

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Barcha Oliy ta’lim muassasalarida 14 yanvar “Vatan himoyachilar kuni”ga bag‘ishlab turli sport musobaqalari tashkil qilinmoqda. Jumladan  joriy  yilning 16 – 17 yanvar kunlari Toshkent farmasevtika instituti xududida joylashgan Akademik litseyda musobaqa bo‘lib o‘tdi. Bellashuv sportning “Tosh ko‘tarish 16 kg”, “Arqon tortish” va “Armrestling” turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Musobaqada 50 nafar talaba-yigitlar ishtirok etdi.

“Arqon tortish” turi bo‘yicha natijalar:

1 – o‘rin sohiblari “Dorishunoslar” terma jamoasi  a’zosi farmatsiya fakulteti 107-a guruh talabasi Xamidov Sardor,

Sanoat farmatsiya 205-a guruh talabasi Xaitmurodov Aziz,  farmatsiya fakulteti 207-a guruh  talabasi Abdunazarov Alibek, farmatsiya fakulteti 301-a guruh talabasi Abduxamidov Muxammad, 304-a guruhi talabasi Abdulxamidov Bobur  egalladilar.

2 – o‘rin sohiblari “Tabletkachilar” terma jamoasi:

farmatsiya fakulteti 205-A guruh talabasi Qurbonov Bekzod, farmatsiya fakulteti 2-bosqich 205-A  guruh talabalari Niyozov Mirjamol,Saidov Davron, farmatsiya fakulteti  204-B  guruh talabalari  Axmedov Elyor va Raxmonov Sanjar egalladilar.

3 – o‘rin sohiblari “Sanoatchilar” terma jamoasi sanoat farmatsiyasi fakulteti 104-A guruh talabalari Mirqosimov Shoxruz,  Mirzaev Bektosh, Fayzullaev Sardor,  sanoat farmatsiyasi fakulteti 301-A guruh talabasi Abduraxmonov Arslon,sanoat farmatsiyasi fakulteti kasbiy ta’lim 103-A guruh talabasi Otaxonov Umirbek  egalladilar.

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova