OTMlararo sportning “Voleybol” turi bo‘yicha Toshkent farmatsevtika institutining ishtiroki.

17.01.2019, 13:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 405

2019 yil 15 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuniga bag‘ishlab “Vatan himoyasi-muqaddas burch!” shiori ostida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Voleybol” sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 5 ta OTMlarning jamoalari ishtirok etdilar. Bellashuvda 1-o‘yin Toshkent farmatsevtika instituti va Toshkent kimyo texnologiya instituti bilan bo‘ldi. Musobaqa davomida “Farmasevtlar” voleybol terma jamoasi 3 ta partiya o‘ynab 2:1 hisobi bilan g‘oliblikni qo‘ldan boy berdi. Musobaqaning final bosqichida Toshkent farmatsevtika institutining qatnashchilari Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan bellashdi va musobaqaning sovrinli 3-o‘rnini qo‘lga kiritdilar. Musobaqa yakunida TTESI Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U.T.Abdullaev tomonidan 1,2,3- o‘rin g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi    N.L.Usmanova