Akademik litsey o‘quvchilarining xalqaro fan olimpiadasida navbatdagi g‘alabasi.

17.01.2019, 12:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 441

2019 yil 10-15 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmota shahrida dunyoning 18 davlatidan 540 nafar o‘quvchilar ishtirokida matematika, fizika va informatika fanlaridan Jautikov nomli 15-Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilarimiz ushbu nufuzli olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashib,  1 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza – jami 10 ta medalini qo‘lga kiritishdi.

Buxoro davlat universiteti qoshidagi Qorako‘l akademik litseyining 3-kurs o‘quvchisi Abbos Sayliev ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada matematika fanidan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Elbek Toshpo‘latov, Jasur Imomov va Rasulbek Ozodov kabi iqtidorli o‘quvchilarimiz esa kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy universiteti, Jizzax davlat pedagogika va Samarqand iqtsiodiyot va servis institutlari qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari ham olimpiadada faol qatnashib, bronza medaliga ega bo‘lishdi.