Milliy armiya – xalqimiz ishonchi, Vatanimiz qudratidir

15.01.2019, 17:05 Institut yangiliklari, Yangiliklar 436

Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoiylik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz, shu yo‘lda erishgan eng katta yutug‘imizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar, butun xalqimiz g‘urur bilan, minnatdorchilik bilan e’tirof etmoqda.

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5413-son farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 08 yanvardagi 01-07/06-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan 2019 yil 15 yanvar kuni Toshkent farmasevtika institutida tadbir tashkil etildi.Mazkur tadbir soat 15.00 da institutning katta faollar zalida “El ishonchi, yurt tayanchi – O‘zbekiston yoshlari”, “Milliy armiya – xalqimiz ishonchi, Vatanimiz qudratidir” mavzularida o‘tkazildi. Tadbirni institutning  o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Yuldashev Zokirjon Abidovich kirish so‘zi bilan osib berdi  va navbat tashrif buyurgan mehmonlarga berildi. O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Xosiyat Xusanova “El ishonchi, yurt tayanchi – O‘zbekiston yoshlari”mavzusida, O‘zbekiston Respublikasi Kurolli kuchlar akademiyasi o‘qituvchisi Ergashev Davron Rustamovich “Vatanni himoya qilish – barchamizning sharafli burchimizdir”, O‘zbekiston Respublikasi Kurolli kuchlar akademiyasi o‘qituvchisi Yulliev Dilshod Sobirovich “Milliy armiya – xalqimiz ishonchi, Vatanimiz qudratidir” mavzularida ma’ruza qildilar. Bayram tadbirini Farmatsiya fakulteti 1-kurs 108-B guruh talabasi  Jumanazarova Odina Odilovna bayram tabrigi bilan,sanoat farmatsiyasi 1-kurs 106 A guruh talabasi Sharofiddinov Otabek Nurmuhammad o‘g‘li esa ajoyib musiqali sahna ko‘rinishi bilan davom ettirdi. Tadbir institut miqyosida o‘tkzilgan “Yil talabasi” ko‘rik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.

     

     

     

     

     

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi

  N.L.Usmanova