Farmatsevtik kimyo kafedrasida, Janubiy Qozog’iston Tibbiyot akademiyasi talabalari amaliyoti davom etmoqda

15.01.2019, 16:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 633

Farmatsevtik kimyo kafedrasiga amaliyot o‘tash uchun tashrif buyurgan bir guruh, Janubiy Qozog’iston Tibbiyot akademiyasi talabalari amaliyoti, Institut qoshidagi Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi laboratoriyasida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek xorijiy talabalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK laboratoriyasida bo‘lib, laboratoriyada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar va vaqtdan unumli foydalanib tasd iqlangan reja asosida o‘z amaliy ishlarini bajarishmoqda

Kunning birinchi yarmida, laboratoriya katta ilmiy xodimi I. Novikova boshchiligida laboratoriyadagi zamonaviy tahlil usullari bilan tanishdilar va ayrim dori shakllarini tahlilini amalga oshirdilar.

     

Talabalar kunning ikkinchi yarmida, institut kutubxonasidagi adabiyotlar bilan tanishdilar.

    

Xorijiy talabarni vaqtidan unumli foydalanish maqsadida, kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan ko‘hna Samarqand shahriga turistik sayohat uyushtirildi. Kafedra katta o‘qituvchisi N.T.Zaripova boshchiligidagi sayohatdan lavhalar,

Registon majmuasi

Ulugbek madrasasi, Sherdor va Tillakori madrasalari

     

Imom Al-Buxoriy majmuasiga tashrif

Guri Amir majmuasi

Soxibqiron Amir Temur haykali