Institut kafedralarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning olib borilishi bo’yicha tekshiruv ishlari olib borildi.

11.01.2019, 15:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 497

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-sonli qarori, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-2019 o‘quv yili davomida kafedralarning bajarilgan hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar xisoboti tekshirilmoqda.

Mazkur nazorat Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova xamda institut tarbiyachi pedagogi N.E.Yusupovalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Tekshiruvda Tillar, Biotexnologiya, Fizika-matematika va AT, DTT va DVST kafedralariga tashrif amalga oshirildi va xisobotlar nazorat qilindi. Tashrif jarayonida mutasaddi xodimlar tomonidan kafedralardagi ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv, TTJga aloqador hamda bir qator xujjatlar nazorat qilindi. Kafedralar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘ldirilishi va barcha xujjatlarning mavjudligiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

 

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova