“Pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazlarida ortirilgan ko‘nikmalarni o‘quv jarayoniga tadbig‘i” mavzusidagi o‘quv uslubiy seminar bo’lib o’tdi.

10.01.2019, 09:05 Institut yangiliklari, Yangiliklar 366

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, nutqlari hamda normativ me’yoriy-xuquqiy xujjatlarining mazmuni, mohiyati va ahamiyatini Respublika oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari ongiga singdirish hamda OO‘MTVning 2019 yil 3 yanvardagi 87-03-01-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida seminar-treninglar tashkil etib borilmoqda.

2019 yil 9 yanvar kuni Toshkent farmatsevtika institutining  katta faollar zalida “Pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazlarida ortirilgan ko‘nikmalarni o‘quv jarayoniga tadbig‘i” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar treningda Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti B.E.Sultonov,  analitik kimyo kafedrasi dotsenti G.U.Po‘latova,Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.S.Karimova, farmasevtik kimyo kafedrasi assistenti  A.A.Jo‘raeva,Organik va biologik kimyo kafedrasi assistenti J.B.Tursunqulovlar dasturda belgilangan mavzular yuzasidan ma’ruza qildilar.

Shu bilan birga Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi X.F.Maqsudova, fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti F.A.Mirbabaev, farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi F.A.Saydalievalar xam tegishli mavzular yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdilar.

Shuningdek amaliy xorijiy til hamda  axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Seminar so‘ngida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarida malakasini oshirish maqsadida mavzuga doir videofilmlar namoyish etildi.

     

     

     

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova