Toshkent farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilarining Mirobod tumani “Temir yo‘lchilar” mahallasiga tashrifi.

09.01.2019, 10:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 480

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabr Oliy Majlisga Murojaatnomasi”  mavzusida suhbat.

KO‘RILDI: Katta o‘qituvchi S.M.Yuldasheva “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabr   Oliy Majlisga Murojaatnomasi” ning mazmun mohiyatiga to‘xtalib, ijtimoiy sohada belgilab berilgan vazifalarning amaliy ahamiyatini yoritib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” deb nom berilishi, davlat dasturi doirasida 21 trilion so‘m va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyixani amalga oshirganimiz o‘tgan yili yaxshi niyat bilan boshlagan ishlarimizning natijasini ko‘rsatib turibdi” so‘zlari va shu qatorda yana bir qancha misollar keltirib o‘tdi. Keyingi so‘zni Ffn, katta o‘qituvchi L.S.Yuldashevaga berdi.

     

Ffn, katta o‘qituvchi L.S.Yuldasheva Murojaatnomada berilgan ta’lim tizimidagi islohatlar, nafaqaxo‘rlarga yaratilgan sharoitlar, millatlararo va diniy bag‘rikenglik g‘oyalari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Yoshlar ta’lim-tarbiyasida faqat o‘qituvchilar mas balki ota-onalarning ham mas’ulyatlarini oshirish kerakligi, ularning dars jarayonidan keyingi vaxtlarini samarali tashkil etish kerakligi dolzarb masaladir deb takidladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabr Oliy Majlisga Murojaatnomasida xam oxirgi 2 yil davomida Ta’lim tizimini islox qilishga qaratilgan ishlarni yaqqol guvoxi bo‘layotganligimizni va hozirgi kunda davlat miqyosida amalga oshirilayotgan ishlarni xar bir fuqaro ichidan sezib yashayotganligi xammamizga ma’lum deb, Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarning statistik ma’lumotlari  xaqida misollar keltirib o‘tdi. Shundan so‘ng keyingi so‘zni kafedra assistenti X.I.Abduraxmonovga berdi.

     

Assistent X.I.Abduraxmonov Murojaatnomada keltirilgan soliq siyosati haqida gapirib, umumiy hisobdagi 24% lik sloiq qiymati 12%ga tushirilishini gapirib o‘tdi. 2019 yildan bu soliq siyosati ishlovchi hodimlarning oshliklarining yana bir qichmi o‘z yonlarida qolishligini tushuntirdi. Nafaqaxo‘r fuqarolarning 2019 yildan pensiya olish miqdori oshirilishi va pensiyaga chiqadigan fuqrolarning ma’lum cheklovlarsiz oylik miqdoriga qarab to‘liq belgilanishi hagida ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida ochiq suxbat tarzida o‘tkazilib, fuqarolar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida fikrlar almashinildi.

Qatnashdilar: Ffn, katta o‘qituvchi L.S.Yuldasheva,  katta o‘qituvchi S.M.Yuldasheva,  assistent X.I.Abduraxmonov,  mahalla raisi  M.Ragimova va mahalla fuqarolari. Jami 25-nafar

Ijtimoiy fanlar kafedra mudiri        K.Ismailov