Toshkent farmatsevtika instituti talaba-qizlarini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Pazandalik sirlari” to‘garagi o‘z ishini boshladi.

25.12.2018, 16:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 679

Toshkent farmatsevtika instituti talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida talaba-qizlarini  jalb etgan holda haftaning har juma kunlari institut tarbiyachi-pedagogi N.Yusupova rahbarligida TTJda “Pazzandalik sirlari” to‘garagi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Mazkur to‘garakda turli xil ovqatlar, salat, pishiriq va shirinlinlarning pazzandalik sirlari, ularni qay tarzda pishirish yo‘l-yo‘riqlari  ko‘rgazmali va amaliy usullar bilan ko‘rsatib beriladi.

2018 yil 21 dekabr kuni navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Unda talaba-qizlarga bayramona dasturxon yozish uchun kerak bo‘ladigan shirinliklar tayyorlash yuzasidan mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mazkur mashg‘ulotda talaba-qizlarga “Xoris” nomli pishiriqning tayyorlanish usullari, masalliqlarning tartibi, pishirish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi. Mahorat darsi davomida talabalar tomonidan qiziqtirgan masalalar yuzasidan to‘xtalib o‘tildi. Navbatdagi to‘garakka 20 nafar talaba-qizlarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

     

Institut matbuot kotibi       N.L.Usmanova