Toshkent farmatsevtika institutida “Zakovat ligasi” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

25.12.2018, 08:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 645

2018 yil 21 dekabr soat 1500da  farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti 1,2,3,4,5-kurs talabalaridan tashkil topgan  “Zakovat ligasi”  tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yoshlar ittifoqi BT institut yetakchisi F.Namozov va institut tarbiyachi-pedagogi N.Yusupova rahbarligida hamda Yoshlar ittifoqi BT faol talabasi A.Bobobekov va yosh targ‘ibotchilar, guruh sardorlari hamkorligida olib borildi. Tanlovda “Ishonch”, “Farmstar”, “Aristokrat”, “Do‘stlik”, “Iqtidor”, “Ibn Sino” nomli guruhlar qatnashib, 1-o‘rin “Ishonch”, 2-o‘rin “Aristokrat”, 3-o‘rin “Do‘stlik” guruhlari deb e’lon qilindi.  Final bosqichida  jami 40 nafar talabalar qatnashdi.