Toshkent farmatsevtika instituti hodimlari Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi “A.P.Xlebushkina nomli 22-sonli Mehribonlik uyiga” tashrifi.

24.12.2018, 15:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 441

Mehr insonlardagi noyob, eng ajoyib fazilatlardan biridir. Mamlakatimizda ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar sirlarini puxta egallashi, hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda o‘sib-ulg‘ayishiga davlat siyosati darajasida alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada ko‘plab tashkilotlar, Oliy ta’lim muassasalarida keng qamrovda sahovat ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan 2018-yil 21-dekabr kuni Toshkent farmatsevtika institutining DTT kafedrasi hodimlari va 409, 109-guruh talabalari Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi A.P.Xlebushkina nomli 22-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar hamda tarbiyalanuvchilar uchun bayram tadbirini tashkil etib, o‘quv qurollari, esdalik sovg‘alarini taqdim etdilar. Shuningdek Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi A.P.Xlebushkina nomli 22-sonli Mehribonlik uyi direktori Sh.M.Berdiyeva tomonidan Toshkent farmatsevtika instituti rektori I.I.Alimdjanovga Tashakkurnoma taqdim etildi.

Mehr-muruvvat haqida so‘z borar ekan, uni har kim o‘zicha turli xil ta’riflaydi. Mehr haqida har bir kishining o‘z fikri, o‘z tushunchasi bor. Insonning bir-biriga kamarbastaligi, bir-birini asrovchi va ulug‘lovchi fazilati bu mehr-muruvvatdir. Bu fazilat insonning komillikka erishishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun juda muhim. Barchangizda mana shunday go‘zal fazilat mujassam bo‘lishiga tilakdoshmiz.

      

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova