Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “Nauka i obozrenie v sovremennoy Rossii” hamda “Innovatsionnie meditsinskie texnologii” konferensiyalarida Toshkent Farmatsevtika instituti Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi dotsenti A.A.Abzalovning ishtiroki.

20.12.2018, 14:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 494

Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi dotsenti A.A.Abzalov 2018-yilning 28-noyabr 01-dekabr kunlari Moskva shahrida Rossiya Tabiatshunoslik Akademiyasining taklifiga binoan “Nauka i obozrenie v sovremennoy Rossii” hamda “Innovatsionnie meditsinskie texnologii” konferensiyalarining qo‘shma majlisida ishtirok etib qaytdi.

Joriy yilning 30-noyabr kuni konferensiyalarning “Novie nauchnie napravleniya” seksiyasida “Texnologiya vozdelivaniya lekarstvennix rasteniy v usloviyax oroshaemogo zemledeliya Uzbekistana” mavzusida o‘z ma’ruzalari bilan qatnashish bilan birga ushbu konferensiyaning “XXXIX vistavka-prezentatsiya uchebno-metodicheskix i nauchnix izdaniy iz serii zolotoy fond otechestvennoy nauki” nomli seksiyasida o‘zlari tomondan chop etgan o‘quv va ilmiy kitoblari bilan hakamlar tomonidan oltin medal bilan taqdirlandi.

    

 

*Eslatma: Fan taraqqiyotini rivojlanishiga qo‘shgan xizmatlarini e’tiborga olib mazkur Akademiya Prezidiumi A.Abzalovning ilmiy-pedagogik faoliyati xaqidagi ma’lumotlarni “Izvestnie uchenie Rossii” nomli ensiklopediyaning 12 tomiga (13-14 betlar) kiritgan. A.Abzalov bundan tashqari Xalqaro tabiatshunoslik akademiyasining “Faxriy fan doktori” ilmiy unvoni, Rossiya tabiatshunoslik akademiyasining professor ilmiy darajasi hamda “Xizmat ko‘rsatgan fan va maorif xodimi” hamda “Fan va texnika arbobi” faxrli unvonlarini olishga ham sozovor bo‘lgan. U 2017-yilda Moskvada o‘tkazilgan “Za novatorskuyu rabotu v oblasti visshego obrazovaniya” tanlovida qatnashib g‘olib bo‘ldi va oltin medal bilan taqdirlandi. Bundan tashqari A.Abzalov Moskva va Germaniyaning Frankfurt na Mayne shaharlarida 2017 va 2018 yillarda o‘tkazilgan Xalqaro yarmarkalarda o‘zining chop etgan o‘quv va ilmiy adabiyotlari bilan qatnashib oltin medallar olishga sazavor bo‘lgan. A.Abzalov 1990-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi” nomli faxriy unvonini olishga sazovor bo‘ldi.

Xalqaro aloqalar bo’limi