“O‘zbek xalqining manaviy merosi va unda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

20.12.2018, 13:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 617

2018-yil 19-dekabr kuni institutning kichik faollar zalida Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasining Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikdagi TTJda yashovchi talabalar uchun “O‘zbek xalqining manaviy merosi va unda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.Boltayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirga taklif etilgan Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti dotsenti filologiya fanlari nomzodi M.M.Ziyavutdinova boy ma’naviy me’rosimiz, ilm manbai kitob, uni asrash, ilmni boyitish, ilmni avloddan-avlodga boy meros sifatida saqlab va uzatish lozimligi haqida fikr bildirdilar va talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar. Tadbir davomida institutning iqtidorli talabalari o‘zbek, ingliz va rus tillarida o‘zbek va qardosh xalqlar merosi va she’riyatidan parchalar ijro etishdi.