“Xorijiy til” fanidan 1-kurs talabalarining mustaqil ta’limi natijalari ochiq dars taqdimoti.

20.12.2018, 13:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 586

Oliy ta’lim tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish, talabalarni olgan bilimlarini mustahkamlash, ularni ilm olishga va kasb mahorati sirlarini egllashga yo‘naltiirish muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda talabalarni ijodkorlik, kreativlikka yo‘naltirishda pedagog-murabbiyning roli katta. 2018-yil 19-dekabr kuni Tillar kafedrasi o‘qituvchisi G.Musayeva boshchiligida sanoat farmatsiyasi fakulteti 1-kurs 108A guruh talabalari tayyorlagan mustaqil ta’lim natijalari ochiq dars taqdimotida ingliz tilida qardosh Turkmaniston, Qozog‘iston Respublikalari va Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi haqida taqdimotlar, videoroliklar va qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Bundan tashqari talabalar Toshkentning diqqatga sazovor bo‘lgan tarixiy obidalariga borib, u yerda juda mazmunli ma’lumotlarni videotasmalarga olib o‘z tengdoshlariga ko‘rsatishdi. 1-kurs talabalarining “Xorijiy til” fanidan mustaqil ta’limi natijalari ochiq dars taqdimotida o‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari, sanoat farmatsiyasi dekanati, Tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychiyeva, kafedra o‘qituvchilari hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.