Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi magistrlarining ilmiy stajirovka hisobotlari bo‘lib o‘tdi.

19.12.2018, 22:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 716

Joriy yilning 10-dekabridan 19-dekabrigacha Toshkent farmatsevtika institutida Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining 2-kurs 6M110400 – «Farmatsiya» yo‘nalishida tahsil oluvchi 9 nafar magistrlar ilmiy stajirovka o‘tash maqsadida tashrif buyurdilar.

Ular farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish, farmakognoziya, dorilar texnologiyasi, farmatsevtik va toksikologik kimyo modullari bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdilar.

     

Stajirovka davomida institutning elektron va katalog fondlaridan, institut professor o‘qituvchilaridan kerakli ma’lumotlar oldilar.

Ular ilmiy va amaliy bilimlar olish bilan birga amaliyot jarayonlarida, DVSIM laboratoriyasida, “JURABEK LABORATORIES” MCHJ, Genomika markazi bazalarida tanishuv amaliyotlarida bo‘ldilar.

Qisqa muddatli ilmiy stajirovka 2018-yil 19-dekabrda JQTA magistrlarining har bir modul bo‘yicha stajirovka hisobotlarini topshirish bilan o‘z yakuniga yetdi. Ularga Institut rahbariyati tomonidan sertifikat taqdim qilindi. So‘zga sanoat farmatsiyasi dekani H.Ilxomov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i N.Abzalovalar chiqib magistrlarga kelgusida ilmiy ishlariga omadlar tilab, ikki davlat o‘rtasida hamkolrlik aloqalarini yanada mustahkamlash uchun bu ilk poyqadam ekanligini aytib o‘tdilar.