“Talaba qizlar o‘rtasida sharm hayo, ibo singari fazilatlarni shakllantirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil e’tildi.

19.12.2018, 15:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 643

Qiz bolaning tarbiyasi, odob-axloqi haqida gap ketsa, e’ng ko‘p tilga olinadigan so‘z ibo va hayo bo‘lsa kerak. U tarbiya ko‘rgan farzandning oddiy harakatidan tortib, yurish-turishi, kiyinishi, gap-so‘zi, jamoat joyi yoki oilada o‘zini tutishi, xullas, odob-axloqida namoyon bo‘ladi. Qadriyatlarimizda qiz tarbiyasida sergak turiladi. Yoshligidan odobga o‘rgatiladi. Otasidan biroz tortinuvchi, ko‘zlarga tik boqmaydigan, odobu axloqda benazir qizlar millat ko‘rkidir, aslida.

Ayolni ona, deb e’zozlaymiz. Onaning hayosi uning gultoji. Hayo — ayolning tashrif qog‘ozi. Unga qay yo‘sinda amal qilish, undan qanday, qaysi maqsadlarda foydalanish ko‘proq ayolning o‘ziga bog‘liqdir.

Buvilarimiz, onalarimiz hamma zamonlarda hayoni quyosh yanglig‘ boshlariga ko‘tarib kelgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, faqat yuzi e’mas, yuragining pardasi ham hayodan bo‘lgan. Hozir ham bunday mo‘tabar va ulug‘ ayollar, onalar va buvilar ko‘plab topiladi. Mashhur shoir G‘afur G‘ulom yozganidek: “Bizning xotinlarga hayo fazilat”. Mana shunday fazilatlarni yanada mustahkamlash maqsadida 2018 yil 18 dekabr kuni soat 16.00 da Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida “Talaba qizlar o‘rtasida sharm hayo, ibo singari fazilatlarni shakllantirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil e’tildi. Tadbir yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut tarbiyachi pedagogi, institut psixologi tashabbusi bilan tashkil e’tildi.

Mazkur tadbirga Toshkent shahar Mirobod tumani MFY a’zolari tashkil e’tildi. Yig‘ilishni  yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Toshkent shahar Mirobod tumani  “Nuroniylar” kengashi raisi  M.A. Qayumova “Ayolning  jamiyatdagi o‘rni”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi “Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi” yetakchi mutaxassisi Feruza Akromova “Shaxs psixologiyasidagi gender (ayollar va erkaklar)  farqlarning oiladagi munosabatlarga ta’siri”, Toshkent shahar Mirobod tumani Mahalla otinoyisi M. Mirzajanova “Talaba qizlar o‘rtasida sharm hayo, ibo singari fazilatlarni shakllantirish”, Toshkent shahar Mirobod tumani Oybek mahallasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.T. Kamilova “Qarisi bor uyning parisi bor”, Toshkent shahar Mirobod tumani “Qaynonalar “kengashi raisi G.S. Ismoilova “Talaba qizlarni oilaga tayyorlash” mavzularida talaba qizlarga ma’ruzalar o‘qib, ularga kerakli ma’lumotlarni berdilar.

Hayo — insonning ziynati. Hayosiz ayolda, baxt, oila, umr davomiyligi yo‘q. Inson hayotini, umrini aslo hayosiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bir qo‘shiqda aytilganidek, inson faqat va faqat “hayosi bilan go‘zal”.

Barcha ayollarimizda mana shunday go‘zal xislatlar mujasam bo‘lshini tilaym  iz.

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova