Talabalar qishki ta’tili ma’lum qilindi.

19.12.2018, 14:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 531

2018 yil 28-dekabrdan 2019 yil 10-yanvarga qadar oliy ta’lim muassasalari talabalari qishki ta’tilga chiqishadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbarlari ishtirokida “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Davlat dasturi ijrosiga bag‘ishlab ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida oliy ta’lim muassasalari talabalarining qishki ta’til kunlari odatdagidek 2018 yil 28-dekabrdan 2019 yil 10-yanvarga qadar davom e’tishi ma’lum qilindi.

Joriy yil 27 dekabr OTMlarda oxirgi o‘qish kuni, 2019 yil 11 yanvardan o‘quv jarayonlari boshlanadi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova