O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar.

18.12.2018, 15:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 459

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-sonli “O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmasevtika institutida ham keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilib borilmoqda. Bu haqida Toshkent farmasevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov 2018-yil 14-dekabr kuni № 50 (1221)-sonli “Sog‘liqni saqlash” gazetasida batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur maqolada “Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mutanosib ravishda kadrlar masalasini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar bajrilmoqda. Tibbiy oliy ta’lim muasssasalarining raqobatbardoshligini oshirish uchun O‘zbekiston va xorijiy oliy o‘quv yurtlarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyotini joriy etish zarurati xozirgi kun talabiga aylandi. Shu bilan birga, xorijiy tibbiy ta’lim muassasalari filiallarini ochilishi o‘z o‘zidan bozor munosabaatlari davrida oliy ta’lim muassasalari faolligini oshirish, invemtitsiyalarni jalb qilish, ta’lim jarayonini jahon standartlariga javob beradigan labaratoriya jixozlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan xolda tashkil qilish talab etiladi. Shuningdek malaka oshirish kurslarini muntazam davom ettirish maqsadida xorijiy ta’lim muassasalari hamkorligida masofaviy malaka oshirish kurslari, videokonferensiyalarni tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir. Xorijiy olimlar bilan xamkorlikda zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq qilishni har bir fan kesimida ishlab chiqish muhimdir” – deya yana institutda, sog‘liqni saqlash tizimida amlga oshirilayotgan qator yangiliklar hususida ma’lumotlar berdi.

Mazkur amaqola orqali instituoldidagi strategik vazifalar hamda ularni amalga oshirish bosqichlari hususida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova