S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi ilmiy tekshirish instituti bir qator yetuk mutaxassislari bilan davra suhbati tashkil qilindi.

18.12.2018, 14:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 775

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 5-maydagi PQ-2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash yuzasidan 2018-yil 12-dekabr kuni soat 1300 da institutning kichik faollar zalida DVST kafedrasining professor o‘qituvchilari hamda S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi ilmiy tekshirish instituti bir qator yetuk mutaxassislari (texn.f.d. A.Z.Sadikov, texn.f.n., katta ilmiy xodim M.A.Mamatxanova, farm.f.n., katta ilmiy xodim Sh.N.Madraximov, kichik ilmiy xodimlar R.A.Botirov, O.T.Jurayev, A.I.Sanoyev, Sh.A.Ergasheva) bilan kafedra assistenti Z.A.Zuparovaning sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 3-kurs 302 V guruh talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

     

Davra suhbatida S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi ilmiy tekshirish instituti, Valiyev Ne’matjon Valijon o‘g‘lining “Antiaritmin va digidroatizin dori vositalari substansiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi, ma’ruza tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.