Ta’lim sifatini yanada takomillashtirish

18.12.2018, 12:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 493

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-3151 hamda “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi PQ-3775 qarorlariga asoslangan holda barcha oliy ta’lim muassasalarida yig‘ilishlar tashkil etib borilmoqda. Jumladan 2018-yil 17-dekabr kuni soat 14.00 da Toshkent farmatsevtika institutining kichik faollar zalida institut rektori I.I.Alimdjanov tomonidan rahbar hodimlar, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda talabalarning davomati, bitiruv malakaviy ishlarining olib borilishi, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, talabalarning institut odob ahloq qoidalariga to‘liq rioya etishlari, 21-dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan yarmarka va yana ko‘plab boshqa masalalar muhokama qilindi. Shuningdek kun tartibida keltirilgan masalalar ya’ni 1-masala ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hususida o‘quv hamda tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Z.Yuldashev, 2-masala Qishki ta’til vaqtida institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘quv-uslubiy seminar va seminar-treninglar haqida o‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i N.A.Abzalova, 3- masala; 2018 yilda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sarf qilingan harajatlar. 2019-yil smetasini shakllantirish yuzasidan xisob-kitob va buhgalteriya bo‘limi boshlig‘i D.Axmedov, 4-ichki nazorat va monitoring bo‘limining haftalik hisoboti bo‘yicha K.A.Cho‘lponov ma’lumotlar taqdim etishdi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova