Institutda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish

17.12.2018, 12:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 512

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarorlari ishlab chiqildi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida barcha Oliy ta’lim muassasalarida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

2018-yilning 15-dekabr kuni institut ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi hodimlari D.Xudoyqulova, N.Zakirova, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakova, institut tarbiyachi pedagogi N.Yusupovalar bilan birgalikda barcha kafedralar reytingini aniqlash maqsadida tekshirish jarayonida mat’lim sifatini yanada oshirish, ijro intizomini o‘z vaqtida bajarish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish shuningdek murabbiylar faoliyati yaqindan o‘rganildi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova