Hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari rahbarlarining mas’uliyati kuchaytirildi

10.12.2018, 15:05 Yangiliklar 531

Ҳудудий соғлиқни сақлаш бошқарув органлари раҳбарларининг масъулияти кучайтирилди

Sog‘liqni saqlash sohasida fuqarolar huquqiga rioya qilish nazoratini hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari rahbarlari ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari rahbarlari quyidagilarga shaxsan mas’uldir:

  • tibbiy va tibbiy-ijtimoiy tashkilotlarning hududiy tarmoqlari faoliyatini samarali tashkil etish, birlamchi tibbiy-sanitariya, ixtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordamning sifati va ommabopligi, idoraviy bo‘ysunuvidagi hududda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi ta’minlanishini nazorat qilish;
  • sog‘liqni saqlash sohasida rivojlanish hududiy dasturlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, tibbiyot tashkilotlarini va aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash, tibbiy va maxsus texnikaning samarali ishlashi va o‘z vaqtida yangilanishi;
  • tibbiy yordamni bosqichma-bosqich va izchillik prinsipi asosida ularning oqimlarini oqilona va asosli marshrutlash yo‘li bilan bemorlarni turli darajadagi (turdagi) tibbiyot tashkilotlariga yo‘naltirishning xolis tizimini tashkil etish;
  • sog‘liqni saqlash sohasida fuqarolar huquqiga rioya qilish nazoratini ta’minlash, tibbiyot va farmasevtika tashkilotlariga sifat menejmenti tizimini tatbiq etish;
  • sog‘liqni saqlash muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshirish;​​