21-22 may kunlari institutimizda hashar o’tkazildi

23.05.2016, 10:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 397

Toshkent farmatsevtika institutida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, gul ko‘chatlarini ekish, hududlarni tartibga keltirish hamda institut hududining sanitariya holatini yaxshilash maqsadida, 2016 yil 21-22 may kunlari hashar ishlari reja asosida tashkil etildi. Hasharga institutning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalari jalb etildi.

Hashar davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • hududlardagi va uning atrofidagi perimetrlar bo‘yicha ariqlar tozalanmoqda.
  • gulzor va daraxtlarning er qismi chopilib yumshatildi.
  • hududdagi daraxtlar butalandi va oqlandi.
  • binolardagi auditoriya va xonalarda tozalik ishlari olib borildi.
  • hududlardagi binolar atroflari tozalanib, tartibga keltirildi.
  • hudud chegarasidan 50 metr masofadagi maydonlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
  • obodonlashtirish ishlarini o‘tkazilishi jarayonida to‘plangan barcha maishiy chiqindilar alohida belgilangan joylarga olib chiqildi.

2016-320     2016-319

2016-318     2016-317