Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasida «Diklofenak natriy va flutsinar gellarining sifatini baholash, qadoqlash va o’rash» mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.

06.12.2018, 13:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 559

DVST kafedrasi assistenti Mamasoliyeva Shaxnoza  Asqarovna tomonidan 2018-yil 5- dekabr kuni 107-auditoriyada Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o’rash fanidan  «Diklofenak natriy va flutsinar gellarining sifatini baholash, qadoqlash va o’rash » mavzusida  ochiq laboratoriya mashg’uloti tashkil etildi. Mashg’ulot davomida innovatsion pedagogik  texnologiyalardan  “Assisment”, “Keys  study”, “ Aqliy hujum”  kabi usullardan foydalanildi. Laboratoriya mashg’ulotida talabalar tomonidan yumshoq dori shakllarida tekshiriladigan sifat ko’rsatkichlari to’liq tahlil qilindi. Bo’lib o’tgan ochiq mashg’ulotda sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani X.Sh.Ilhomov, kafedra dotsenti O.R.Raximova, katta o’qituvchilar S.T. Sharipova, N.A.Azimova, G.R. Raximova, Z.X. Abdijalilova va assistent  Z.A Zuparovalar qatnashdilar.

     

     

 

Kafedra mudiri, prof.                  V.R.Xaydarov