“Oilada shaxsning va shaxs taraqqiyotida oilaning o‘rni” mavzusida seminar trening o’tkazildi.

04.12.2018, 11:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 721

Shaxs kamolotini manaviyatsiz, ma’naviy madaniy merossiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma’naviyat rivojini esa kishilik jamiyatining olg‘a intilishisiz anglab bo‘lmaydi. Biri ikkinchisiga chambarchas bog‘liqdir. Buning uchun esa ijtimoiy jarayonlarda har bir inson faol bo‘lishi lozim. Haqiqiy barkamol inson o‘z manfaatini xalq manfaatidan yuqori qo‘ymaydi, hamisha elga g‘amxo‘r bo‘ladi. Insondagi barcha fazilatlar, qadriyatlar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, aksincha, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda namoyon bo‘ladi.

2018 yilning 1 dekabr  kuni Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti III bosqich 303/A guruhi o‘rtasida institut psixologi S.Azlarova  tomonidan psixolgik seminar treningi o‘tkazildi.  Seminar trening “Oilada shaxsning va shaxs taraqqiyotida oilaning o‘rni” mavzusida tashkil etilib, talabalarda oilaviy xayot va oila munosabatlari haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish shuningdek oila bilan bog‘liq  milliy qadriyatlarimizni e’zozlashga qaratildi.

Talabalarning shaxslararo munosabatlardagi hulq  atvorlari proektiv metodikalar yordamida o‘rganilib, tahlil qilindi.  Ularning bu kabi shaxs xususiyatlari oilaviy munosabatlarda qanday ko‘rinishlarda namoyon shu bilan bir qatorda ularning konstruktiv yo‘naltirish borasida  ayrim tavsiyalar berildi.

   

 

Institut  psixologi  S.Azlarova

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova