Toshkent farmasevtika instituti farmakognoziya kafedrasi o’qituvchilarining Yunusobod tumanidagi 86-sonli umumta’lim maktabga tashrifi.

30.11.2018, 17:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 556

2018-yil 27-noyabr kuni Toshkent farmasevtika institutining Farmakognoziya kafedrasi botanika bo’limi o’qituvchilari ya’ni dotsent A.Jabborov, M.T.Yulchiyeva, katta o’qituvchilar E.A.Latipova, N.T.Atamuratova, asisstent S.I.Xudayorovalar O’zbekiston Respublikasi oliy va O’rta maxsus ta’limi vazirligining 2018-yil 29-martdagi 3018-sonli buyrug’I hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018-yil 15-oktyabrdagi 09-2520- sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Yunusobod tumanidagi 86-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrifdan ko’zlangan maqsad o’quvchi yoshlarni ilm olishga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishdir. Maktab o’quvchilarining dars jarayonini sifatli tashkil etish uchun kafedramiz tomonidan dorivor o’simliklar gerbariy namunalari, ko’rgazmali rangli tablitsalar va doimiy preparatlar taqdim etildi. Shu bilan birga o’quvchi yoshlarga o’simliklar dunyosining inson hayotidagi o’rni va dorivor o’simliklarning ahamyati to’g’risida tushunchalar berildi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova