Toshkent farmatsevtika instituti «Farmatsevtik kimyo» kafedrasi professor-o‘qituvchilarinig Yangiyo‘l tumanidagi 54-sonli umumta’lim maktabiga tashrifi

29.11.2018, 14:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 411

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018 yil 15 oktyabrdagi 09-2529-son topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 23 noyabr kuni Yangiyo‘l tumanida joylashgan 54-sonli umumta’lim maktabiga Toshkent farmatsevtika institutining farmatsevtik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdilar. Ushbu tadbirda 54-sonli maktab o‘qituvchilari hamda maktabning 40 nafrarga yaqin o‘quvchilari ishtirok etdi.

Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi-yoshlarni ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdir.Uchrashuvni 54-sonli umumta’lim maktab direktori N.J. Umurtasov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Toshkent farmatsevtika instituti G.M.Ismoilova o‘z ma’ruzasida o‘quvchilarga, oilaning jamiyatda tutgan o‘rni, oilaning mustahkamligi, tinchligi, totuvligi bu Vatan tinchligi garovi ekani, 2018 yilda oilalarni buzilishiga, ajrimlarga qarshi qilinayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. SHuningdek, o‘quvchilarga muhtaram Yurtboshimiz so‘zlaridan misollar bilan oila hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan, xalkimizning muqaddas urf-odatlari sayqal topadigan, kelajak avlod kamolotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya maskani ekani haqida aytdi.

Kafedra dotsenti R.A.Xusainova oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish, shuningdek oilaning jamiyatda tutgan o‘rni, uning muqaddas dargoh ekanligi, bugungi kunda yosh oilalarga yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Shu bilan bir qatorda T.A.Mirraximova oilaning mamlakat va jamiyat hayotidagi o‘rni, oila mustahkam bo‘lsa jamiyat mustahkam bqlishi to‘g‘risida so‘zladi.

Kafedra mudiri                              Olimov X.K.