Institut rusiyzabon talabalari o‘rtasida “Men sevib o‘qigan asar” mavzusida ko‘rik-tanlov tashkil etildi.

27.11.2018, 23:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 705

Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aqlning chirog‘i, bilim manbaidir. Kitob – fikrlash quroli, hazina va tafakkur kaliti. Kitob – nonday aziz, mo‘‘tabar va muqaddasdir.

Kitob insoniyat ongli hayotining, ma’naviyat olamining bosh timsollaridan sanalib kelinadi. Kitob – bepoyon olam: bag‘ri keng, osmoni baland, tubi teran… Donolar ta’rificha, kitob bilim manbai, insoniyat to‘plagan hikmatlar hazinasi.

Zero, u ijtimoiy ong mahsulidir. O‘tmishdagilar o‘zlarida bo‘lgan jamiiy zavq-shavq va lazzatni, ilm-hunar gavharini keyingi avlodlarga nasldan-naslga meros bo‘lsin deb ardoqlab, kitob sahifalariga bitib qoldirganlar. Keyingi avlodlar esa ajdodlardan ibrat olib, zamondoshlari hayotini, ular yaratgan noyob ma’naviy boyliklarni jamlab, kitoblar yozib qoldirganlar. Shuning uchun ham kitob insonning eng yaqin do‘sti, maslahatchisi, bilim manbai hisoblanadi.

     

Shu bois institut talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, badiiy asar mutolaasini targ‘ib etish maqsadida 2018-yil 27-noyabr kuni institut kichik faollar zalida “Men sevib o‘qigan asar” mavzusida ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Tanlov yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan olib borildi. Tanlovda O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” asari tanlab olindi va mazkur asar bo‘yicha Farmatsiya fakulteti 1-kurs rusiyzabon talabalari o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Tadbirni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ashurova Nigora Xayitovna kirish so‘zi bilan ochib berdi va tanlovning mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritildi. Shundan so‘ng, adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan rolik namoyish etildi. Shundan so‘ng, tanlov shartlariga ko‘ra asar bo‘yicha savollar taqdim etildi. Berilgan savollarga jamoalar qizg‘in baxs-munazaraga boy tarzda javob berishdi. Asarlardan parchalar keltirildi. Tanlovni Tillar kafedrasi o‘qituvchilaridan iborat: Sh.Matyusupova, A.Raxmonova, G.Musayeva hamda tarbiyachi-pedagog N.E.Yusupovalar tomonidan baholab borishdi. Tanlov natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni farmatsiya fakulteti 1-kurs 107 B guruh talabalari, 2-o‘rinni farmatsiya fakulteti 1-kurs 107 A guruh talabalari hamda 3-o‘rinni farmatsiya fakulteti 1-kurs 108 A guruh talabalari qo‘lga kiritishdi. Tadbir yakunida tanlov g‘oliblariga estalik sovg‘alari taqdim etildi.

     

    

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va

ma’rifat bo‘limi boshlig‘i  N.X.Ashurova