O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

27.11.2018, 23:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 704

Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy tafakkuri, ma’naviyati va madaniyati, bebaho qadriyatlari bilan bog‘liq asosiy qonunimizdir. U inson qadr-qimmati, or-nomusi, g‘ururi, erkinligi va haq-huquqlari, farovon turmushi va kelajagi ifodalangan qomusiy hujjatdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Halqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda”.

Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy, umuman barcha sohadagi asoslari mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning 26 yilligi munosabati bilan tashkilotlarda, oliy ta’lim muassasalarida, maktab, litseylarda tadbirlar tashkil etilmoqda.

     

2018-yil 27-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti katta faollar zalida Sanoat farmatsiyasi fakultetining 1-kurs talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

     

Mazkur yig‘ilishda institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiyev talabalarga mavzuga doir tushunchalar berdi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova