Toshkent farmatsevtika instituti hodimlari Qozog’iston Respublikasi Qarag’anda davlat tibbiyot universitetida o’tkazilgan global halqaro konferensiyaga tashrifi.

27.11.2018, 20:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 618

19-22 noyabr kunlari Toshkent farmatsevtika instituti hodimlari Qozog’iston Respublikasi Qarag’anda davlat tibbiyot universitetida o’tkazilgan global halqaro konferensiyada ishtirok etdilar. Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan Oliy ta’lim muassasalarining yetuk olimlari va mutahassislari ishtirokida o’tgan Maz kir konferensiya oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali faoliyat olib borishi uchun zaruriy choralar ko’rish masalalari hamma oliy ta’limning avtonomiyasiga bag’ishlandi. Shuningdek, AQSH, Yevropa, Osiyo tajribasi va Qozog’istonning oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlariga bag’ishlangan ma’ruzalar tinglandi va konferensiya ishi seksiyalarga bo’lingan holda davom etdi.

    

Shu bilan birga institutimiz vakillari ushbu universitetning o’quv-ilmiy faoliyati va ma’naviy muhiti bilan yaqindan tanishdilar hamda universitet rektori va farmatsevtika fakulteti dekani bilan institutimizning hamkorligini rivojlantirish bo’yicha muzokaralar olib bordilar.

     

     

Qolaversa, tashrif davomida institut vakillari Qarag’anda Bolashaq akademiyasida bo’lib, ushbu akademiya bilan joriy yilning oktyabr oyida imzolangan memorandum asosida va uni yanada kengaytirish maqsadida akademiyadagi o’quv jarayoni, ilmiy yo’nalishda erishilayotgan natijalar, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Toshfarmi va Akademiya o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha akademiya rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi. Natijada Qo’shma fakultet ochish, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish bo’yicha yo’l haritalari ishlab chiqildi. Safar yakunida vakillarimiz Ostona shahridagi Nazarboyev universitetida ham bo’ldilar.