“Zakovat ligasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

24.11.2018, 16:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 697

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ma’nan yetuk kadrlar bo‘lib shakllantirish maqsadida institut miqyosida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri 2018 yil 23 noyabr kuni soat 1500da farmatsiya va sanoat farmatsiya fakulteti 1,2,3,4,5-kurs talabalari o‘rtasida “Zakovat ligasi” tanlovi tashkil etildi. Yoshlar ittifoqi BT institut yetakchisi F.Namozov va institut tarbiyachi-pedagogi N.Yusupovalar rahbarligida 1-bino 4-qavat 129-xonada yoshlar ittifoqi BT  faollari, yosh targ‘ibotchilar, guruh sardorlari hamkorligida olib borildi. Tanlovda “Ishonch”, “Farmstar”, “Amir Temur”, “Beruniy”, “Aristokrat”, “Ibn Sino”, “IQ 197”, “Non stop”, “Omad”, “Idrok”, “Do‘stlik” nomli guruhlar qatnashib yuqori natijalarga erishdilar. Mazkur tanlovning saralash bosqichi noyabr oyining so‘ngi o‘n kunligida va dekabr oyining birinchi o‘n kunligida  yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi.Jami 85 nafar talaba qatnashdi.