“Stol tennisi”

23.11.2018, 20:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 660

Joriy yilning 14 – 17 noyabr kunlari institut sport zalida talaba-yoshlar o‘rtasida “Stol tennisi”ning yakka razryad bo‘yicha, “Institut birinchiligi” o‘tkazildi.

Musobaqada farmatsiya va sanoat farmatsiya yo‘nalishlarining 1-5 kurs talabalari ishtirok etdilar. Musobaqa nizomiga ko‘ra talabalar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha baxslar olimpiya tizimi asosida o‘tkazildi, o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan sprotchi nizomga binoan chiqib ketish sharti bilan borildi.

16-noyabr kuni musobaqa ishtirokchilari saralab olindi. 17-noyabr kuni yarim final va final bosqichi o‘tkazildi. Musobaqa ishtirokchilari katta qiziqish bilan o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

Keskin raqobat ostida bo‘lib o‘tgan ushbu birinchilikda o‘g‘il bolalar orasida

1 – o‘rinni Xamroyev Muxammad – Farmatsiya fakulteti yo‘nalishi 1-bosqich 104 a – guruh talabasi egalladi.

2 – o‘rinni Saidov Said’azam – Sanoat farmatsiya fakulteti 2-bosqich 208 a gurux talabasi egalladi.

3 – o‘rin Shonazarov Sodiqjon – Farmatsiya fakulteti 5-bosqich 510-b guruh talabasi va Farmatsiya yo‘nalishi 1 – bosqich 107-b gurux talabalari qo‘lga kiritdilar.

Musobaqa ishtirokchilari va g‘oliblari diplom bilan taqdirlandilar.

 Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova